Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Germaniya kansleri Ukrainaga 650 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

Germaniya kansleri Ukrainaga 650 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

Germaniya Ukrainaga 650 million yevrolik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. "Interfaks-Ukraina" axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda dushanba kuni Kiyevga tashrif bilan kelgan Germaniya kansleri Olaf Shols ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan.

Olaf Shols Germaniya Ukrainaning Yevropadagi eng kuchli tarafdori bo‘lib qolishini ta’kidladi. Shuningdek, u yangi yordam paketi doirasidagi qurollar dekabr oyida yetkazib berilishi kerakligini aytdi.

Oxirgi marta Shols Kiyevga 2022 yilning yozida tashrif buyurgan edi. Joriy tashrifi davomida u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Germaniya Ukrainaga harbiy-texnik yordamning asosiy donori hisoblanadi. 2022 yilda Berlin ushbu ehtiyojlar uchun taxminan 1,6 milliard yevro, 2023 yilda esa 5 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratdi.

Kiritildi: 07:00 03.12.2024. O'qildi: 535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!