Germaniya kansleri Fridrix Mers 2028–2034 yillarga mo‘ljallangan Yevropa Ittifoqi byudjeti taklifida xarajatlarni keng miqyosda qisqartirishga chaqirdi.
Mers bu haqda Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi avvalgi ko‘p yillik byudjetga nisbatan xarajatlarni 60 foizga oshirishni taklif qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu takliflar butun moliyaviy davr davomida bir necha yuz milliard yevroga qisqartirilishi kerak.
Mers milliy byudjet xarajatlarini kamaytirish zarurati tufayli xarajatlarni ko‘paytirish Yevropa Ittifoqi mamlakatlari uchun barqaror bo‘lmagan vazifa ekanligini ta’kidladi.