Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Germaniya ilk bor BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanmadi

Germaniya ilk bor BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi etib saylanmadi

BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi yashirin ovoz berishda saylanish uchun uchdan ikki qism ovoz (190 tadan 127 tasi) talab qilinardi. Biroq Germaniya (104 ovoz) Portugaliya (134 ovoz) va Avstriyadan (131 ovoz) ortda qoldi.

EPD agentligining xabar berishicha, 2027-2028 yillarda Xavfsizlik kengashida aynan ular joy egallaydi. Germaniya bungacha olti marta nodoimiy a’zo sifatida Xavfsizlik
kengashi tarkibiga kirgan edi.

XDI/XSI bloki parlament fraksiyasining tashqi siyosat bo‘yicha eksperti Yurgen Xardt Germaniyaning muvaffaqiyatsizligini "achinarli fakt" deb atadi.

Uning fikricha, kelajakda yevropaliklar guruhida pozisiyani oldindan kelishib olish zarur.

"Shunda biz BMT Xavfsizlik kengashida vaqtinchalik a’zolik o‘rni uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan raqobatdan qochishimiz mumkin", — deydi Xardt.

Ovoz berish jarayonida Germaniya TIV rahbari Yoxann Vadeful ishtirok etdi.

Majlisga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining amaldagi raisi, Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok raislik qildi. Mamlakat TIV ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilga kelib Germaniya butun BMT tizimida badal to‘lovlari bo‘yicha ikkinchi yirik to‘lovchi hisoblangan.

Kiritildi: Bugun 17:53. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!