Germaniyada 2022–2025 yillar oralig‘ida hukumat a’zolarining grim (kosmetika) uchun 588 405 yevro davlat byudjeti (soliq to‘lovchilar) hisobidan sarflangan.
Faqat 2025 yilning birinchi 3 oyida 49 646 yevro to‘langan.
Eng ko‘p pul sarflaganlar:
Sobiq tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok — 20 849 yevro (kuniga 248 yevro)
Sobiq kansler Olaf Shols — 13 015 yevro
Eng kam sarflagan — iqtisodiyot vaziri Robert Xabek, u va jamoasi faqat 598 yevro ishlatgan.
Bu ma’lumotlar ommaga oshkor bo‘lganidan so‘ng, siyosatchilar tomonidan qattiq tanqid qilindi. AdG partiyasi vakili Brandner Berbokning xarajatlarini «odamlarni haqorat qilish» deb baholadi.