Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Germaniya generali: "Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasidan ancha ustun"

A A A
Germaniya generali: "Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina armiyasidan ancha ustun"

Germaniya armiyasining iste’fodagi generali va Angela Merkelning sobiq maslahatchisi Erix Vad Rossiya Qurolli kuchlari juda kuchli va Ukraina armiyasidan ustunliklarga ega ekanligini aytdi. Bu haqda nemis OAVlariga tayanib, “Izvestiya” gazetasi xabar bermoqda.

Erix Vadning qayd etishicha, aynan Rossiya Ukraina hududidagi voqealar rivojini belgilab beradi. Rossiya armiyasi juda kuchli va quruqlikda ham, havoda ham ustunlikka ega. Shuning uchun Ukraina tomoni Rossiyaning qudratini past baholamasligi kerak.

15 may kuni NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg alyans davlatlarini Ukrainaga qurol yetkazib berishni ko‘paytirishni davom ettirishga chaqirdi. Shuningdek, u Germaniyada Ramshtayn aviabazasida Ukrainaga yordam ko‘rsatish bo‘yicha guruh ishlayotganini aytdi.

Kiritildi: 11:56 16.05.2022. O'qildi: 9160 marta. Fikrlar soni: 74 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!