Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Germaniya gazetasi «Sputnik V»ni «yangi neft» deb atadi

A A A
Germaniya gazetasi «Sputnik V»ni «yangi neft» deb atadi

Germaniyaning «Süddeutsche Zeitung» gazetasi tobora ommalashib borayotgan Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasini yangi global mahsulotga aylanadi deb ta’kidladi va «yangi neft» deb atadi. 

Ta’kidlanishicha, vaksinaning samaradorligi 91,6% darajasida isbotlangan va uning xavfsizligi ko‘plab mustaqil ekspertlar tomonidan tasdiqlangan, shuningdek, 30 dan ortiq mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan. 

O‘z hududida «Sputnik V»dan foydalanishga ruxsat bergan Yevropa Ittifoqining yagona vakili Vengriya bo‘lib, Slovakiya, Xorvatiya va Chexiya hozircha faqat qiziqish bildirgan. Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish esa barchani Vengriyadan o‘rnak olishga chaqirgan.

Dori vositasini Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga yetkazib berishda asosiy muammo bu rasmiylarning pozisiyasidir. Nashrning eslatishicha, koalisiya a’zolari, sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari vaktsina yetkazib berishni rad etishmoqda.

Kiritildi: 20:45 26.02.2021. O'qildi: 3877 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!