Germaniya Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va Rossiya energiya resurslaridan voz kechilgani sababli gaz uchun 2020 yildagiga nisbatan besh baravar ko‘p haq to‘lashga majbur bo‘lmoqda, deb yozmoqda Berliner Zeitung.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan yetkazib berish to‘xtatilganidan beri Norvegiya Germaniya uchun eng muhim gaz yetkazib beruvchiga aylandi.
Federal tarmoq agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda import qilingan gazning qariyb 44 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinlarda 24 foiz bilan Niderlandiya va 21 foiz bilan Belgiya bormoqda. 10 foizdan sal ko‘prog‘i esa Shimoliy va Baltika dengizlari sohillaridagi suyultirilgan tabiiy gaz terminallari orqali o‘tgan.
Bu yerda 1977 yildan beri Germaniyaga xom ashyo yetkazib berayotgan Norvegiyaning Equinor kompaniyasi asosiy rolni o‘ynamoqda.