Germaniya uzoq yillar davomida egallab kelgan Yevropadagi yetakchi mavqeini yo‘qotmoqda. Bu fikrni Bloomberg jurnalisti Mariya Tadeo o‘zining mualliflik ruknida bildirib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika inqirozi va Germaniyaning Rossiya uglevodorodlariga qaramligi Yevropa Ittifoqida yetakchilikni yo‘qotishiga olib kelmoqda va bu sharoitda janubiy davlatlar, jumladan, Ispaniya Yevropada yetakchilikni qo‘lga kiritishi mumkin.