Germaniya Eronning o‘z hududidagi uchala bosh konsulligini yopmoqda, deb xabar bermoqda DPA agentligi.
28 oktyabr kuni Eron va Germaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan Jamshid Sharmahd qatl etildi. 2023 yilda Eron Oliy sudi uni terrorizmda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilgan edi. Hukmni Germaniya va Yevropa Ittifoqi hukumati qoraladi.
Shundan so‘ng Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Eron ishlari bo‘yicha vakilini chaqirdi, shuningdek, Germaniya Federativ Respublikasining Tehrondagi elchisini maslahatlashish uchun chaqirib oldi.
"Jamshid Sharmahd Eron rejimi tomonidan o‘ldirilgandan so‘ng, Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga zudlik bilan Eron ishlari bo‘yicha vakil chaqirtirildi," - deyiladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilingan bayonotida.
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Eron hukumatining harakatlariga qarshi keskin norozilik bildirdi va "keyingi harakatlarni amalga oshirish huquqini o‘zida qoldiradi."