Bu haqda DW xabar berdi.
Germaniya avtomobil sanoati birlashmasi (VDA) bahosiga ko‘ra, elektromobillarga o‘tish sababli 2019–2035 yillarda sohadagi ish o‘rinlarining qisqarishi jami 225 mingni tashkil etadi. Bu avvalgi kutilmalardan 35 mingtaga ko‘p demakdir.
Ichki yonuv dvigatellaridan elektromobillarga o‘tish yagona sabab emas. Vaziyatga, shuningdek, Germaniya va Yevropada biznes yuritish sharoitlarining yomonlashuvi ham ta’sir qilmoqda.
"Yuqori soliqlar va yig‘imlar, qimmat energiya, ishchi kuchi uchun katta xarajatlar, haddan tashqari byurokratiya — muammolar ro‘yxatini yana davom ettirish mumkin", — deydi VDA raisi Xildegard Myuller.
2019–2025 yillar oralig‘ida Germaniya avtosanoatining 100 mingga yaqin xodimi allaqachon ishdan bo‘shatilgan.