Ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga chiqmoqda. Yaqinda tashkil etilgan Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashiga ikki tomondan kimlar rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi:
🇺🇸 AQSh tomonidan: Prezident Donald Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili — Serjio Gor. 🇺🇿 O‘zbekiston tomonidan: Prezident Administrasiyasi rahbari — Saida Mirziyoyeva.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik endi shunchaki qog‘ozdagi kelishuv emas, balki ikki tomonlama yuqori boshqaruv ostidagi aniq mexanizmga aylanmoqda.
Prezidentimizning noyabrdagi AQSh safari o‘z mevasini bermoqda: maqsad — Amerika texnologiyalari va investisiyalarini O‘zbekistonga olib kirish.