Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Geologiya fanlari universitetida 2024/2025 o‘quv yilida 2 ta yangi kafedra hamda 1ta ta’lim yo‘nalishi ochiladi

Geologiya fanlari universitetida 2024/2025 o‘quv yilida 2 ta yangi kafedra hamda 1ta ta’lim yo‘nalishi ochiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Universitet rektori Maqsud Isoqov ma’lum qildi.

🟣“Geoekologiya” hamda “Geologik tasvirlash va geoaxborot texnologiyalari” kafedralari va Konchilik ishi (mineral xom ashyoni boyitish) ta’lim yo‘nalishi joriy o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.

🟣Bundan tashqari Belarus davlat texnika universiteti bilan “Ekologiya” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

🟣2030 yilga qadar Davlat dasturi doirasidagi ilmiy loyihalar sonini 140 taga hamda grant loyihalari sonini 60 taga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida patentlar soni 20 taga, mualliflik guvohnomalar soni 245 taga yetkaziladi.

🟣Ma’lumot uchun, 2023 yili O‘zbekiston OTM reytingida 76 ta muassasa orasida Geologiya fanlari universteti 22 o‘rinni egalladi. Shuningdek, Texnika, texnologiya, qurilish, qishloq xo‘jaligi sohalari bo‘yicha 12 o‘rin, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bo‘yicha (70,73 %) faxrli 1-o‘rinni egallagan.

Kiritildi: 17:32 23.02.2024. O'qildi: 18292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!