Senatorlar tegishli qonun hujjatlarini ma’qulladilar.
Senat xabarida qayd etilganidek, aniq qoidalarning yo‘qligi bunday nomlarning doimiy ravishda o‘zgarib turishiga olib keladi.
“O‘zbekiston va jahon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxslar xotirasini abadiylashtirish maqsadida geografik ob’ektlarga (ko‘cha, mahalla, maydon, istirohat bog‘i va aholi punktlarining boshqa qismlari) nomlarini berish tartibi qonun bilan aniq tartibga solingan.