Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

General Motors Xitoydagi xodimlarini ishdan bo‘shatadi

General Motors Xitoydagi xodimlarini ishdan bo‘shatadi

General Motors Xitoydagi xodimlarini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda “ITHome” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, kompaniyaning xodimlarini ishdan bo‘shatishiga sotuv tushib ketgani va Xitoydagi o‘z strategiyasini o‘zgartirishi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “SAIC-GM” mahalliy kompnaiyasining iyul oyidagi sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 82,42%ga kamaydi.

General Motors Xitoyda ish joylarini qisqartirmoqda va yaqin orada mahalliy hamkori “SAIC” bilan uchrashib, Xitoydagi operasiyalarida kengroq tarkibiy o‘zgarishlarni rejalashtirmoqda.

Bu masaladan xabardor odamlar uning sotuvi 2017-yilning to‘liq yillik cho‘qqisiga qaytishi dargumon ekanligini tan olishdi.

Ta’kidlanishicha, dunyodagi eng yirik avtomobil bozori bo‘lgan Xitoyda xorijiy brendlar ko‘plab mahalliy raqiblar bilan raqobatlashmoqda va hozirda katta hajmdagi ortiqcha imkoniyatlarga duch kelmoqda.

Qayta qurish elektromobil ishlab chiqarishga o‘tishni, ko‘proq premium modellarga e’tiborni va premium avtomobillarni import qilishni o‘z ichiga oladi.

Kiritildi: 21:55 13.08.2024. O'qildi: 1256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!