Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azoga qaratilgan hujumlar «tasavvurga sig‘maydigan miqyosdagi gumanitar fojia»

G‘azoga qaratilgan hujumlar «tasavvurga sig‘maydigan miqyosdagi gumanitar fojia»


Antoniu Guterresh G‘azo sektoriga bo‘layotgan Isroil hujumlarini zudlik bilan to‘xtatish, barcha asirlarni ozod qilish va omon qolish yoqasida turgan millionlab insonlarga umid qaytarishga chaqirdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh ma’lum qilishicha, 2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil tomonidan G‘azoga qaratilgan hujumlar «tasavvurga sig‘maydigan miqyosdagi gumanitar fojia»ga olib keldi.

BMT matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Guterresh halok bo‘lganlarni xotirlab, jabr ko‘rganlarga hamdardlik bildirgan va barcha asirlarni darhol ozod qilishni yana bir bor talab qilgan.

«Men bu haqda qayta-qayta gapirdim va bugun yana ham qat’iyroq so‘rayman: asirlarni hech qanday shartsiz va darhol ozod qiling. Barcha azoblarga barham bering. Biz inson tafakkuridan tashqari gumanitar fojiani guvohi bo‘lmoqdamiz. G‘azo, Isroil va butun mintaqada urushni to‘xtatiң — hoziroq. Tinch aholini hayoti va kelajagi bilan to‘lashga majbur qilmang», — dedi Guterresh.

Uning ta’kidlashicha, bugun dunyoga umid kerak, va u tinchlikka erishish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

«Yaqinda AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan ilgari surilgan taklif bu fojiali mojaroni tugatish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyatdan foydalanish kerak», — deya qo‘shimcha qildi BMT rahbari.

Guterresh barqaror otashkesim va siyosiy muloqotni tiklash zarurligini ta’kidlab, bu kelgusi qon to‘kilishlarni oldini olish va tinchlik sari yo‘l ochishini bildirdi. U xalqaro huquq me’yorlariga rioya etish zarurligini ham eslatdi.

BMT rahbari tashkilot tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi:

«Bu motamli sanada qurbonlarni xotirlab, yagona to‘g‘ri yo‘l — adolatli va barqaror tinchlikni ta’minlash yo‘lida harakat qilaylik. Bunda isroilliklar, falastinliklar va butun mintaqa xalqlari xavfsizlik, qadr-qimmat va o‘zaro hurmat asosida yonma-yon yashashlari mumkin bo‘ladi», — dedi u.

G‘azo hokimiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabridan buyon Isroil hujumlari n

Kiritildi: 18:45 07.10.2025. O'qildi: 993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!