Isroilning G‘azo sektoridagi qochqinlar lageriga bergan zarbasi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin kishi jarohatlandi.
Bu haqda Al Jazeera yozmoqda.
"Isroil harbiylarining G‘azo sektori markazidagi Dayr al-Baleda ko‘chirilganlar uchun chodirlarga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, kamida 40 kishi jarohatlandi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hujum kasalxona hududidagi chodirlarga qilingan. Hujumdan keyin katta yong‘in boshlandi.