WAFA axborot agentligi xabar berishicha, G‘azodagi ko‘plab oilalar o‘tin o‘rniga eski poyabzallardan foydalanib, olov yoqishga majbur bo‘lmoqda.
Agentlik ma’lum qilishicha, o‘tin topish qiyinlashgan va hatto mavjud bo‘lsa ham, G‘azodagi falastinliklar uchun narxi juda baland.
Besh kilogramm eskirgan poyabzal taxminan 10 shekel (2,75 dollar) tursa, bir kilogramm o‘tinning narxi to‘rt shekelni tashkil etadi.
"WAFA" hisobotida ta’kidlanishicha, taom tayyorlash uchun asosiy energiya manbai hisoblangan gaz ballonlarining G‘azoga olib kirilishiga 2023 yil 7 oktyabrdan keyingi dastlabki oylarda Isroil tomonidan to‘sqinlik qilingan.