Bugun 3 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azoda yana 9 falastinlik ochlikdan halok bo‘ldi

G‘azoda yana 9 falastinlik ochlikdan halok bo‘ldi

Isroil armiyasi tomonidan qamal qilingan G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida 9 falastinlik, jumladan 3 bola ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikdan hayotdan ko‘z yumdi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri anklavda ochlikdan halok bo‘lganlar soni 348 nafarga yetdi, ulardan 127 nafari bolalardir.

BMT qo‘llab-quvvatlagan IPC hisobotida G‘azoda vaziyat “halokatli” darajaga yetgani qayd etilgan. So‘nggi kunlarda ochlik qurbonlari soni ortib, faqat 22 avgustdan buyon 70 kishi, jumladan 12 bola to‘yib ovqatlanmaslikdan vafot etgan.

Mahalliy va xalqaro tashkilotlar Isroilni ochlik va tashnalikdan qo‘rqitish vositasi sifatida foydalanishda ayblab, jahon hamjamiyatini qamal natijasida kelib chiqayotgan gumanitar falokatga tezkor chora ko‘rishga chaqirmoqda.

Kiritildi: 18:12 01.09.2025. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!