Isroillik asirlarning oila a’zolari va faollar Bosh vazir Binyamin Netanyahunung Quddusdagi uyiga yig‘ilib, G‘azoda qamal ostida saqlanayotgan yaqinlarini ozod qilish uchun Hamas bilan mahbuslar almashuvi kelishuvini talab qildilar.
Haaretz nashriga ko‘ra, Quddusning G‘azo ko‘chasida bo‘lib o‘tgan mitingda 200 ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Mitingda so‘zga chiqqan isroillik asirning otasi Maykl Iloz Netanyahu va uning rafiqasi Sarani “yolg‘onchilikda” ayblab, ularni doimiy noroziliklar bilan ta’qib qilishini bildirdi.
Rom Breslavskiyning otasi Ofer ham Netanyahuga murojaat qilib, “qo‘llaringiz qonga bo‘yalgan” deya tanqid qildi. Asir askar Matanning onasi Anat Engerst esa Sara Netanyahudan insonparvarlik ko‘rsatib, eriga ta’sir o‘tkazishni so‘radi.
Ozod qilingan asir Arbel Yexudning otasi Yechay Yexud ham bosh vazirni G‘azodagi asirlarning taqdiri va askarlarning o‘limi uchun javobgar deb hisoblashini ta’kidladi.
Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, G‘azoda hozirda 48 nafar isroillik asir saqlanmoqda, ulardan 20 nafari tirik bo‘lishi taxmin qilinmoqda.