Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma

КИР

G‘azoda o‘nlab dala maktablari tashkil etildi - Vazirlik rasmiysi

G‘azoda o‘nlab dala maktablari tashkil etildi - Vazirlik rasmiysi

Falastin Ta’lim vazirligi kotibi o‘rinbosari Xolid Abu Nada Falastin axborot markaziga bildirganidek, G‘azoda o‘nlab dala maktablari tashkil etilgan. Vazirlik ob’ektlari va maktablarining 90 foizi qisman yoki butunlay vayron bo‘lgan.

U yana qo‘shimcha qildi:

  • Qisman zarar ko‘rgan maktablarda ta’lim jarayoni qayta yo‘lga qo‘yildi.
  • Sharqiy Xon Yunusda ta’lim ikki smenali tizimda 40 ta maktabda boshlandi.
  • O‘quvchilarning aksariyati maktab jihozlarining yetishmasligi sababli polda o‘tirishga majbur.
  • Rafahdagi ayrim maktablar taxminan 12 000 o‘quvchi bilan o‘z faoliyatini qayta boshladi.
  • Binolar yetishmasligi muammosini hal qilish uchun ta’lim chodirlari bilan ta’minlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan muloqot olib boryapmiz.
  • Maktablarning keng ko‘lamda vayron etilganligi sababli, muqobil variant sifatida masofaviy ta’limga tayanmoqdamiz.
  • Urush sharoitlari sababli ta’lim olishga bora olmagan birorta ham o‘quvchimiz uchun o‘quv yilini yo‘qotmaymiz.
  • Urush davomida 800 dan ortiq o‘qituvchi va maktab ma’muriyati xodimlaridan ayrilib qoldik.
Kiritildi: 22:36 26.02.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!