Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) G‘azo sektorida bolalar o‘rtasida o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik holatlari misli ko‘rilmagan darajada oshgani haqida xabar berdi.
Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil iyul oyida besh yoshgacha bo‘lgan deyarli 12 ming bolada o‘tkir to‘yib ovqatlanmaslik aniqlangan - bu mintaqadagi kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir.
"Oziq-ovqat ta’minotining umumiy hajmi vaziyatning yanada yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun mutlaqo etarli emas", dedi JSST rahbari.
Yanvar oyi boshidan iyul oyi oxirigacha tashkilot kamida 99 falastinlik ochlikdan halok bo‘lganini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi, jumladan 29 nafari besh yoshgacha bo‘lgan bolalar. Gebreesusning ta’kidlashicha, haqiqiy ko‘rsatkichlar ancha yuqori. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ochlikdan halok bo‘lganlar soni 193 kishiga yetgan, ulardan 96 nafari bolalar.