Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azoda ochlikdan qurbonlar soni ortib bormoqda

G‘azoda ochlikdan qurbonlar soni ortib bormoqda

So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida ochlik va to‘yib ovqatlanmaslikdan yana 5 nafar falastinlik vafot etdi.

Bu haqda Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan buyon G‘azoda ochlikdan halok bo‘lganlar soni 404 nafarga yetdi, ularning 141 nafari bolalardir.

22 avgust kuni Integrasiyalashgan oziq-ovqat xavfsizligi fazasi tasnifi (IPC) G‘azodagi ocharchilik darajasini eng yuqori — 5-bosqichga ko‘targan edi. Shundan beri yana 126 kishi, jumladan, 26 bola ochlikdan vafot etgan.

Isroilning blokadasi va doimiy hujumlari oqibatida G‘azoda oziq-ovqat, suv va dori-darmon tanqisligi kuchaymoqda. Mintaqaviy va xalqaro manbalar Isroilni “ochlik va tashnalikdan qurol sifatida foydalanishda” ayblamoqda.

Qochqinlar yashab turgan chodirlar va aholi turar-joylari esa Isroil armiyasi tomonidan har kuni o‘qqa tutilmoqda.

Kiritildi: 15:05 10.09.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!