G‘azo sektori janubidagi Xon Yunisda minalangan binoning qulashi oqibatida to‘rt nafar Isroil askari halok bo‘ldi.
Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.
Shuningdek, 11 askar yaralangani, ulardan birining ahvoli og‘ir ekanligi ma’lum qilingan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yarador askarlardan birini o‘g‘irlab ketishga urinish bo‘lgan, biroq u muvaffaqiyatga erishmagan.
Avvalroq Isroil armiyasi kuchlari Xon Yunis janubidagi hududlarga ilgarilab ketgani xabar qilingan edi.