Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va kam ovqatlanishdan 18 kishi vafot etdi

G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat ichida ochlik va kam ovqatlanishdan 18 kishi vafot etdi

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, muhosaradagi G‘azo sektorida so‘nggi 24 soat davomida ochlik va kam ovqatlanish oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi.

Vazirlikka ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabridan buyon ochlikdan vafot etganlar soni 86 nafarga yetdi, ular orasida 76 nafar bola bor.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, faqatgina so‘nggi bir kunda 495 nafar yaralangan shaxs shifoxonalarga yetkazilgan, 130 nafar halok bo‘lgan fuqaroning jasadi tibbiyot muassasalariga keltirilgan.

Falastin hukumati va xalqaro tashkilotlar uzoq vaqtdan beri G‘azoga insonparvarlik yordamining to‘siqlarsiz kiritilishini talab qilib kelmoqda. Biroq, mavjud blokada va xavfsizlik vaziyati tufayli aholi og‘ir gumanitar inqirozga yuz tutgan.

Kiritildi: 19:23 21.07.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!