Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

G‘azo sektorida qurbonlar soni 51 266 nafarga yetdi

G‘azo sektorida qurbonlar soni 51 266 nafarga yetdi

G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroil armiyasining hujumlari natijasida halok bo‘lganlar soni 51 266 kishiga yetdi, deb yozadi Anadolu.

So‘nggi 24 soat ichida 26 nafar falastinlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Vazirlik, shuningdek, oxirgi 24 soat ichida 60 kishining tan jarohati olganini, ularning barchasi mintaqadagi shifoxonalarga yetkazilganini ma’lum qildi.

2024 yilning 18 martidan, ya’ni 19 yanvardan kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilganidan keyingi davrda halok bo‘lganlar soni 1890 nafarga, jarohatlanganlar soni esa 4950 nafarga yetdi.

“Umuman olganda, 2023 yil 7 oktyabrdan bugungi kunga qadar Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 51266 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 116991 nafari yaralandi”, – deya qo‘shimcha qildi vazirlik.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida hali ham minglab jasadlar yotibdi.

Kiritildi: 21:04 22.04.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!