BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi yaqinda 2023 yil sentyabridan 2025 yil aprel oyi boshigacha oziq-ovqat iste’moli darajasi va narxlari qanday o‘zgarganini tahlil qilgan hisobotni e’lon qildi.
2023 yil sentyabrda kartoshkaning bir kilogrammi 2,5 dollarga sotilardi, bu narx Yevropaning ko‘p mamlakatlaridagidan yuqori edi. Urush paytida insonparvarlik yordami cheklangan bo‘lsa-da, kartoshka narxi 18 dollargacha ko‘tarildi, ammo sulhning so‘nggi haftasida yordam hisobiga narx 7 dollar atrofiga tushdi. 2025 yil fevral oyi oxirida Isroil sektorga har qanday insonparvarlik yordamini to‘xtatgach, bir qop kartoshka narxi 614% ga oshib, 50 dollarga yetdi. 2023 yil sentyabr oyiga nisbatan esa bu narx 1900% ga ko‘tarildi.
Isroilning o‘zida esa bir kilogramm kartoshkani taxminan 1,15 dollarga xarid qilish mumkin.