Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

G‘azo sektori shimolida internet va aloqa uzildi

G‘azo sektori shimolida internet va aloqa uzildi

Falastin telekommunikasiya kompaniyalari xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi zarbalari oqibatida G‘azo sektori shimolida internet va aloqa to‘liq uzildi.

Bayonotda aytilishicha, Isroil qo‘shinlari mintaqani internet va aloqa bilan ta’minlaydigan asosiy yo‘nalishlarga zarba bergan. Bu esa xizmatlarda keng ko‘lamli uzilishlarga olib kelgan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, G‘azo shahrining ko‘plab hududlarida internetga kirish mutlaqo mumkin emas.

Isroil tomonidan olib borilayotgan havo hujumlari davom etar ekan, mutaxassislar aloqani tiklash ishlarini boshlagani ma’lum qilindi.

Avvalroq Isroil armiyasi bir kechada 50 ta havo zarbasi uyushtirgani, ularning asosiy qismi G‘azo shahriga yo‘naltirilgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Kiritildi: 15:51 17.09.2025. O'qildi: 386 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!