Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

G‘azo konslageri: aholi zichligi Guantanamodan ham yuqori

G‘azo konslageri: aholi zichligi Guantanamodan ham yuqori

Euro-Med Monitor ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning genosidga teng urush boshlaganiga 21 oy to‘lishi ortidan, 2,3 milliondan ortiq falastinlik G‘azo sektoridagi atigi 55 km² hududda qamalib qolgan — bu eksklavning 15 foiziga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu yerda aholi zichligi har bir kvadrat kilometrga 40 000 kishidan ortiq, Al-Mavasi hududida esa — 47 000 dan oshadi. Bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha G‘azo dunyodagi eng zich joylashgan hududga aylangan.

🏚 G‘azodagi turar joylarning taxminan 92 foizi vayron qilingan, maktablarning 80 foizi va shifoxonalarning 90 foizi yo‘q qilingan, barcha universitetlar yer tagida qoldirilgan. Odamlar ozuqa, ichimlik suvi, tibbiy yordam va boshpanadan mahrum. Ko‘pchilik 10 marta va undan ortiq ko‘chirilgan, har gal "gumanitar zona" deb atalgan hududlarda o‘lim topmoqda.

❕ Bu endi shunchaki urush emas — bu G‘azoni tizimli ravishda yer yuzidan o‘chirish urinishidir. Isroil blokada, bombardimon, ochlik va infratuzilmani yo‘q qilish orqali ommaviy so‘rg‘inni amalga oshirmoqda. Bunday harakatlar xalqaro huquq normalariga ko‘ra genosid sifatida baholanishi mumkin.

Kiritildi: 15:00 12.07.2025. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!