Isroil G‘azoda ochlik inqirozi mavjudligini inkor etib, buning o‘rniga HAMASni yordamdan noto‘g‘ri foydalanishda ayblayapti va ular uni qo‘lga kiritmasligi uchun barcha ta’minotni to‘xtatib qo‘yishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Biroq, yordam tashkilotlari mutlaqo boshqacha vaziyatni tasvirlamoqda.
"Oziq-ovqat tarqatish deyarli to‘liq to‘xtab qoldi, qolgan zaxiralar endi issiq ovqat tarqatishni yana bir necha kun davom ettirish uchun yo‘naltirildi. Ammo bu ham tez orada tugaydi," - dedi Norvegiya qochqinlar kengashining Dayr al-Balahdagi menejeri Gevin Kellexer.
BMTning Falastin qochqinlari agentligi UNRWA vakili Juliette Touma barcha asosiy ta’minotlar tugab borayotganini aytdi.
"Isroil hukumati G‘azo sektorini qamal qilganidan beri so‘nggi bir oydan ortiq vaqt ichida tovarlar narxi keskin oshib ketdi," - dedi Touma.
"Bu chaqaloqlar va bolalar och holda uxlashga majbur bo‘layotganini anglatadi. Ushbu asosiy ta’minotsiz o‘tgan har bir kun G‘azoni juda-juda chuqur ochlikka yaqinlashtirmoqda."