Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

G‘azo hukumati: Bir million shimoliy g‘azoliklar majburiy ko‘chirishdan bosh tortmoqda

G‘azo hukumati: Bir million shimoliy g‘azoliklar majburiy ko‘chirishdan bosh tortmoqda

So‘nggi haftalarda Isroilning kuchaygan hujumlariga qaramasdan, shimoliy G‘azo sektoridagi bir millionga yaqin aholi majburiy ko‘chirilishga rozi bo‘lmayapti, deyiladi Falastin anklavi hukumati matbuot xizmatining bayonotida.

Bayonotga ko‘ra, Isroil G‘azo shahri va anklavning shimoliy hududlarini bosib olish uchun aholini kuch bilan chiqarib yuborishga harakat qilmoqda.

“G‘azo va mintaqaning janubiy qismidagi bir milliondan ortiq falastinliklar bosqinchi Isroilning qonunsiz bombardimon va genosid urushiga qaramay, o‘z uylari va yerlarini tark etmaslikka qaror qildilar”, — deyiladi xabarda.

Raqamlarga ko‘ra, yaqin vaqtgacha G‘azo va shimoliy hududlar aholisi 1,3 milliondan oshgan. Shulardan 398 mingga yaqini shimoliy G‘azo aholisi bo‘lib, ko‘pchiligi g‘arbiy hududlarga majburiy ko‘chirilgan.

G‘azo shahrida esa 914 mingdan ziyod aholi istiqomat qilgan, ularning 350 mingga yaqini sharqiy mahallalardan chiqib, markaz va g‘arbga o‘tgan.

Hisobotda qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Isroilning shafqatsiz hujumlari sababli 190 mingga yaqin kishi uyini tark etgan, shu bilan birga 15 mingdan ortiq kishi G‘azo shahriga qaytayotgani ham qayd etilgan.

Xon Yunus yaqinidagi Al-Mavasi mahallalari va Isroil “gumanitar va xavfsiz” deb atagan Rafa shahri 100 dan ortiq havo hujumlariga uchragan. Faqatgina Al-Mavasiga qilingan zarbalar natijasida 2000 dan ortiq falastinlik halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, hujumlar oqibatida shifoxonalar, suv va elektr ta’minoti, oziq-ovqat, uy-joy hamda ta’lim muassasalari yo‘qolgani uchun bu hududlarda hayot deyarli imkoniyati yo‘q darajaga kelib qolgani ta’kidlandi.

“Isroil ‘xavfsiz boshpana’ deb belgilangan hududlarni aholi uchun majburiy ravishda tayinlayapti. Ular G‘azo sektori hududining 12 foizidan oshmaydi, ammo bu yerga 1,7 milliondan ortiq odamni joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu esa tizimli majburiy ko‘chirish va ‘konsentrasiya lagerlari’ siyosati hisoblanadi. Maqsad — G‘azoning shimolini va G‘azo shahrini aholidan tozalash”, — deya xulosa qildi hukumat.

Kiritildi: 14:57 17.09.2025. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!