Rafah o‘tish punkti Isroil nazorati ostida. Ertaga JSST avtomashinalari Isroil harbiylari bilan kelishilgan holda Xon-Yunisdagi Nosir kasalxonasidan 50 nafar yarador bemorni olib chiqib, ularning Misr va boshqa mamlakatlarga xavfsiz jo‘nab ketishini ta’minlaydi. Bu harakat tinchlik kelishuvi doirasida hayotni saqlab qoluvchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Ko‘plab tibbiy tashkilotlardan eshitganimizdek, kamida 15 ming falastinlik chet elda shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.
G‘azodagi shifoxonalarning aksariyati vayron etilgan, cheklangan miqdordagi tibbiyot muassasalari zo‘rg‘a ishlaydi va barcha turdagi zarur tibbiy ta’minotdan mahrum.
Bu yerdagi odamlar bemorlarni xorijga yuborish G‘azodagi vayron bo‘lgan sog‘liqni saqlash tizimidagi bosimni kamaytiradi, deb umid qilishmoqda.