Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘azo bo‘yicha muzokaralar qachon va qayerda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

G‘azo bo‘yicha muzokaralar qachon va qayerda boshlanishi ma’lum bo‘ldi

G‘azodagi mojaroga barham berish bo‘yicha "Tramp rejasi"ning birinchi bosqichi ertaga 5 oktyabr kuni Misrda boshlanadi. Bu haqda Isroilning N12 telekanali diplomatik manbaalarga tayanib xabar qilmoqda.

"Misrdagi muzokaralarda [strategik rejalashtirish] vaziri Ron Dermer Isroil delegasiyasiga boshchilik qiladi. Muzokaralarning birinchi bosqichida garovga olinganlarni ozod qilish mexanizmini texnik muvofiqlashtirish, so‘ngra kelishuvning keyingi bosqichlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan", - deyiladi xabarda.

Agar kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Isroil harbiy harakatlarni davom ettirishi kutilmoqda. "Bizni dramatik hafta kutmoqda" deb izoh berdi Isroilning yuqori martabali mulozimi.

Juma kuni, XAMAS harakati G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha "Tramp rejasi"ga o‘z javobini bergan edi. Unda XAMAS o‘t ochishni to‘xtatish evaziga barcha isroillik garovga olinganlarni ozod qilishga rozilik bildirgan edi.

29 sentyabr kuni Oq uy Trampning G‘azo sektoridagi kelishuv bo‘yicha “keng qamrovli rejasi”ni e’lon qildi. Bu, jumladan, Falastin anklavida XAMAS ishtirokisiz vaqtinchalik tashqi boshqaruvni joriy etish va u yerda xalqaro barqarorlik kuchlarini joylashtirishni talab qiladi. Isroil rejaga roziligini e’lon qildi.

Kiritildi: 22:40 04.10.2025. O'qildi: 580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!