Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Gaz to‘ldirish shoxobchasidagi o‘g‘irlik

Gaz to‘ldirish shoxobchasidagi o‘g‘irlik

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi.

Jumladan, “Q.M.” mas’uliyati cheklangan jamiyat mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 1,1 million kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalangan. Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:35 25.01.2025. O'qildi: 939 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!