Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Garov evaziga aliment to‘lovchi otaning chetga chiqish huquqlari tiklandi

Garov evaziga aliment to‘lovchi otaning chetga chiqish huquqlari tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan 2017 yil 27 mart kunidan boshlab Botir Abduraimovdan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud buyrug‘ining ijrosini ta’minlash Majburiy ijro byurosi zimmasiga yuklatilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor B.Abduraimovning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

B.Abduraimov cheklovni bekor qilish maqsadida Qumqo‘rg‘on tuman 2-sonli davlat notarial idorasi orqali garov shartnomasi tuzib, boshqaruvida bo‘lgan NEKSIYa rusumli avtomoshinani aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash maqsadida garovga qo‘ygan.

Bundan tashqari, garov qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.

Aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida gi 808-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.

Aliment to‘lovchi fuqaro joriy yilning 19 aprel kuni FIB Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudiga aliment to‘lash to‘g‘risidagi ijro hujjatining ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qildi va garov shartnomasiga asosan B.Abduraimovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari tiklandi.

Shuningdek, aliment majburiyatlari ikki oydan ortiq muddat davomida bajarilmagan taqdirda undiruv garov predmetiga qaratish nazarda tutiladi.

Kiritildi: 15:09 29.04.2019. O'qildi: 1715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!