"Men bunga qat’iy rad javob berdim. Telegram rumin foydalanuvchilarining erkinligini cheklamaydi va ularning siyosiy kanallarini to‘smaydi.
Siz “demokratiyani himoya qilmoqchiman”, deb uni yo‘q qila olmaysiz. “Saylovlarga aralashishga qarshi kurashaman” deb, o‘zingiz aralashmasligingiz kerak. Yo so‘z erkinligi va haqiqiy saylovlar bo‘ladi, yoki ular umuman bo‘lmaydi. Rumin xalqi har ikkalasiga ham haqli", — deb yozdi Durov.
Telegram asoschisi bu qaysi hukumat ekanini ochiq aytmadi, lekin "Toping-chi, qaysi biri?", — deb yozdi fransuz bageti shaklidagi emodzini qo‘shib.