The Economist nashriyotiga taqdim etilgan ichki so‘rovnomaga ko‘ra, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi saylovlarda mag‘lubiyatga uchrashi mumkin.
So‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, faraziy raqobatda Valeriy Zalujniy 65 foiz, Zelenskiy esa atigi 30 foiz ovoz olgan bo‘lardi. Shu bilan birga, Valeriy Zalujniy hozircha o‘zining siyosiy intilishlari haqida ma’lumot bermagan.
Maqolada ta’kidlanishicha, aholi orasida Zelenskiyga bo‘lgan ishonch darajasi pasayib bormoqda. Xabar qilinishicha, Ukraina prezidenti tobora ko‘proq o‘zining eng yaqin hamkorlariga tayanmoqda. Bu shaxslarning mavqei Zelenskiyga bog‘liq bo‘lgani sababli, u kamroq tanqidga duch kelmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bu holat xatolarga olib kelishi mumkin.
2024 yil yanvar oyida Zelenskiyga bo‘lgan ishonch darajasi 52 foizgacha tushib, urush davridagi eng past ko‘rsatkichni qayd etdi. Shunga qaramay, hozirgi raqamlar AQSh prezidenti Donald Tramp tilga olgan 4 foizdan ancha yuqori.