Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

G‘arb Ukrainani shoshiltirmoqda

G‘arb Ukrainani shoshiltirmoqda

Evropa Ittifoqi va AQSh rasmiylari Ukrainani Rossiya bilan tinchlik muzokaralaridagi pozisiyasini yumshatishga chaqirmoqda. Buning evaziga Kiyevga xavfsizlik kafolatlari va YEIga kirish jarayonini boshlash taklif etiladi. Bu haqda Italiyaning La Repubblica gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, G7 davlatlari prezident Vladimir Zelenskiy tomonidan Ukraina uchun taklif etilgan “tinchlik formulasi” bo‘yicha sammit o‘tkazish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan. Biroq, G7 shartlarni yumshatish va ularni global janub mamlakatlari: Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlari uchun maqbulroq qilishni taklif qiladi.

“Katta yettilik” Kiyevga taklif qilishga tayyor bo‘lgan variantlardan biri bu dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan YEI sammitida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralardir.

La Repubblica gazetasining yozishicha, Vashington urush tugashini tezlashtirish niyatida, chunki Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qarama-qarshilik AQSh saylovlari oldidan muammoga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 06:01 30.05.2023. O'qildi: 4689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!