Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk Ukrainaga tinchlikparvar kuchlarni yuborish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Missiyadan ko‘zlangan maqsad Ukrainada urushdan keyin barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Nashr qayd etadi: Parij va Varshava xorijiy qo‘shinlar ishtirokida 40 ming kishilik tinchlikparvar missiyasini yaratish masalasini muhokama qilmoqda. Biroq, Polsha rasmiylari tashabbusning muvaffaqiyatiga unchalik ishonmayapti. Varshava bunday operasiyalar NATO yoki BMT kabi xalqaro tashkilotlar tomonidan muvofiqlashtirilishi va ikki tomonlama formatda hal qilinmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
Polshaning yuqori martabali amaldorlaridan biri Politico nashriga bergan intervyusida «Ukrainaga Polsha qo‘shinlarini yuborish faqat NATO doirasida mantiqiy» dedi.
Tinchlikparvarlik missiyasi tashabbuskori Fransiya prezidenti Emmanuel Makron edi. Shu yilning fevral oyida u urush avjiga chiqqan paytda Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborishni taklif qilgan.