Bugun 16 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

G‘ALABA! FIFA U-17: o‘smirlarimiz nimchorak finalga chiqdi!

G‘ALABA! FIFA U-17: o‘smirlarimiz nimchorak finalga chiqdi!

Qatarda davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/32 finalida O‘zbekiston terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub etdi.

O‘yinning 24-daqiqasida Hasanov bosh bilan gol urib hisobni ochdi. O‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Xorvatiya hisobni tenglashtirdi.

Shu tariqa uchrashuv taqdiri penaltilar seriyasida hal bo‘ldi. Unda O‘zbekistonga omad kulib boqdi.

Italiya esa Chexiyani 2:0 hisobida yutdi. 1/16 finalda O‘zbekiston va Italiya juftligi maydonga tushadi.

FIFA U-17, 1/32 final

Xorvatiya - O‘zbekiston 1:1
Gollar: Kusanovich 80 - Hasanov 24
Penaltilar seriyasi: 3:4

1/16 final juftliklari

  • Braziliya - Fransiya
  • Shveysariya - Irlandiya
  • Marokash - Mali
  • Meksika - Portugaliya
  • Uganda - Burkina-Faso
  • KXDR - Yaponiya
  • Italiya - O‘zbekiston
  • Avstriya - Angliya

O‘yinlar 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:59 15.11.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!