Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua

A A A
«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua

«G‘alaba bog‘i» Prezidentimizning 2019 yil 25 iyun kuni mazkur hududda bo‘lib, tariximizning bir qismi bo‘lgan urush davrini o‘zida aks ettiradigan yaxlit majmua barpo etish to‘g‘risida bergan topshiriqlari asosida qurildi. Quyida ana shu bog‘ga fotosayohat uyushtirdir va uni sizlarga ham ilindik.

Bog‘ maydoni 12 gektardan ziyod.

Bog‘da urush davri manzaralari, jumladan, okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan kompozision majmualar mavjud.

«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua

Bu yerda yana ochiq osmon ostidagi o‘sha davr harbiy texnika va qurol-yarog‘lari bilan tanishishingiz mumkin.

«Shon-sharaf» muzeyi, kutubxona, Wi-Fi zona, amfiteatr va kinoteatr esa bog‘ga tashrif buyurganlarning dam olishiga xizmat qiladi.

«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua «G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua 

Bu yerda yana o‘sha vaqtlardagi Temir yo‘l vokzali o‘zbekistonlik jangchilarni urushga eltgan poyezd ­ vogonlari bilan birga uchratasiz.

Bog‘dagi majmualar: «Matonat madhiyasi» – besh o‘g‘li ham urushda halok bo‘lgan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning vafodor kelinlari, shuningdek, butun o‘zbek ayollari sadoqati ramzi;

«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua «G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua

«Mangu jasorat» – afsonaviy o‘zbek generali Sobir Rahimov va barcha o‘zbekistonlik botir jangchilarning so‘nmas xotirasi ramzi;

«G‘alaba bog‘i»: Qahramonlik aks etgan yaxlit majmua

«Ko‘z yoshi» – urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar birligi ramzi.

Xullas, G‘alaba bog‘i sizni bugungi kun shukronasi sari chorlashiga ishonamiz.

Kiritildi: 20:13 16.05.2020. O'qildi: 5693 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!