Halok bo‘lganlar orasida ikki harbiy xizmatchi va o‘n nafar tinch aholi vakillari bor, xabar beradi Anadolu.
Gaitida, poytaxt Port-au-Prens yaqinida joylashgan Delmas-30 hududida qurolli to‘da tomonidan uyushtirilgan hujumda 2 askar va kamida 10 tinch fuqaro halok bo‘ldi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari turar-joy hududiga hujum uyushtirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolarda uylarga o‘t qo‘yilgani va ko‘plab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Hujumni "Barbekyu" laqabli sobiq polisiyachi Jimi Sherizye boshchiligidagi jinoiy guruh amalga oshirgan, deyiladi xabarda.
Milliy polisiya, SWAT bo‘linmalari va Vaqtinchalik to‘daga qarshi kurash bo‘linmalari (UTAG) tomonidan o‘tkazilgan operasiyada 5 nafar jinoiy guruh a’zosi yo‘q qilindi.
Gaiti Bosh vaziri Aliks Didye Fils-Aym mamlakatda xavfsizlik va iqtisodni yaxshilamasdan turib saylov o‘tkazish mumkin emasligini ta’kidladi. U hukumat xavfsizlikni ta’minlash tarafdori ekanini ta’kidladi.
“Biz to‘dalarga qarshi urush olib bormoqdamiz, bu urush juda katta resurslarni talab qiladi”, – deb qo‘shimcha qildi u.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda Gaitida kamida 5601 kishi jinoiy guruhlar tomonidan o‘ldirilgan.
Gaitidagi xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun Keniyadan 900 nafar polisiyachi Afrika boshchiligidagi Ko‘p millatli xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash missiyasida ishtirok etish uchun mamlakatga keldi.