Kishinyov sudi Yevgeniya Gusulni 7 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi, deb xabar bermoqda NewsMaker.
Moldova tarkibudagi Gagauziya muxtoriyati rahbari rossiyaparast “Shor” siyosiy partiyasiga oid ish bo‘yicha ayblangan. Gusul ushbu siyosiy partiyani va o‘z saylovoldi kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirishda aybdor deb topilgan.
Moldova hukumati va Yevroittifoq Yevgeniya Gusulni Rossiya bilan aloqadorlikda ayblab kelgan. Gusul mart oyida hibsga olingan edi, o‘shanda u Vladimir Putindan Moldovaga bosim o‘tkazib, uni ozod qilishni so‘ragandi.