G7 (Katta yettilik) agar Moskva Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bilan tahdid qildi.
Bu haqda G7 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining Kanadadagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan kommyunikesida aytilgan.
"Biz o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarni olqishlaymiz. Agar bunday o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilmasa, biz harakat qilishning barcha mumkin bo‘lgan variantlarini, jumladan, Rossiya Federasiyasiga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirish kabi bosimni imkon qadar oshirishga qaratilgan variantlarni o‘rganishni davom ettiramiz”, — deyiladi hujjatda.
Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Rossiya tomoni Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplamaguncha, Rossiya aktivlarini muzlatib qo‘ymaslik niyatini tasdiqladi.
"Biz tasdiqlaymizki, bizning huquqiy tizimlarimizga muvofiq, Rossiyaning bizning yurisdiksiyamiz ostidagi suveren aktivlari Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lamaguncha harakatsiz qoladi", — deyiladi bayonotda.
Hujjatda, shuningdek, Ukrainaning hududiy yaxlitligi va yashash huquqi, erkinligi, suvereniteti va mustaqilligini himoya qilishda qo‘llab-quvvatlash bildirilgan.