Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

G7 yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha kelishib oldi

G7 yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha kelishib oldi

Fransiyadagi sammitdan so‘ng, G7 yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosimini kuchaytirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etishga kelishib oldilar.

Bu Evian-le-Bene ahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng qabul qilingan G7 geosiyosiy kun tartibi bo‘yicha yakuniy bayonotida aytilgan.

"Biz Rossiya harbiy iqtisodiyotiga bosimni kuchaytirishga sodiqmiz. Shu nuqtai nazardan, biz sanksiyalarimizni, jumladan, neft va gaz sektorlariga qarshi kuchaytiramiz", deyiladi hujjatda.

Unda hozirgi paytda Rossiyaga qarshi qo‘shimcha cheklovchi choralar joriy etish uchun qulay vaqt ekanligi ta’kidlangan, chunki "prezident Donal Tramp biz qo‘llab-quvvatlaydigan Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha kelishuvga erishdi".

Shu bilan birga, G7 yetakchilari "Ukrainani qat’iy qo‘llab-quvvatlashlarini" yana bir bor tasdiqladilar.

"Biz havo mudofaasi tizimlari, qo‘shimcha to‘xtatuvchi raketalar va uzoq masofali qurollar yetkazib berishni ko‘paytirishga kelishib oldik", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 09:31 17.06.2026. O'qildi: 771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!