Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

G7: Eron — "mintaqaviy beqarorlik va terrorning asosiy manbai"

G7: Eron — "mintaqaviy beqarorlik va terrorning asosiy manbai"

“Buyuk yettilik” davlatlari — AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Kanada va boshqalar tomonidan kelishilgan deklarasiyada Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlangan. Hujjatda Eron “mintaqaviy beqarorlik va terrorning asosiy manbai” sifatida atalgan, Isroilning o‘zini mudofaa qilish huquqi tasdiqlangan.

Shuningdek, Tagesschau nashrining ta’kidlashicha, deklarasiyada Isroil harakatlari tanqid qilinmagan, lekin mojaroda fuqaro aholisini himoya qilish muhimligi urg‘ulanadi. G7 mamlakatlari Eron va Isroilni mojaroni kamaytirishga chaqirdi.

Deklarasiya e’lon qilinishidan bir necha soat oldin Oq uy Kanadadagi sammitdan Donald Tramp tezkor chiqib ketishi kerakligini bildirdi — buning sababi Yaqin Sharqda yuz bergan vaziyatdir. CNN ma’lumotiga ko‘ra, Tramp milliy xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi ma’muriyati xodimlariga Vashingtondagi Oq uyda joylashgan Vaziyat xonasiga to‘planishni buyurgan — bu yerda inqiroz vaziyatlarida favqulodda yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Vaziyat xonasidagi aloqa vositalari davlat rahbariga butun dunyo bo‘ylab amerika qo‘shinlarini boshqarish imkonini beradi.

Kiritildi: 14:15 17.06.2025. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!