Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni oshirishga kelishib oldi

G7 davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni oshirishga kelishib oldi

"Katta yettilik" davlatlari yetakchilari Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari, raketa-tutuvchilar va uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarni yetkazib berishni oshirishga kelishib oldilar. Bu haqda bugun e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

​G7 davlatlari, shuningdek, Ukrainaning shaxsiy harbiy ishlab chiqarishini kengaytirish uchun lisenziyalar berishni ko‘rib chiqishga tayyor va Rossiya iqtisodiyotiga, jumladan, neft-gaz sektoriga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga va’da bermoqdalar.

​"Biz Ukrainaning erkinligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilishidagi qo‘llab-quvvatlovimizda birdammiz. Biz infratuzilma va madaniy meros ob’ektlariga uyushtirilayotgan hujumlardan jabr ko‘rayotgan Ukraina aholisi bilan yana bir bor hamfikr ekanimizni bildiramiz", — deyiladi G7 bayonotida.

​"Katta yettilik" yetakchilari, shuningdek, AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuvni qo‘llab-quvvatladilar, Xo‘rmuz bo‘g‘ozi orqali erkin kema qatnovini ta’minlashga, "Hizbulloh"ni qurolsizlantirishga, G‘azo sektoriga yordam ko‘rsatishni tezlashtirishga va G‘arbiy sohilda zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdilar.

Kiritildi: 14:03 17.06.2026. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!