Bugun 14 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

G7 davlatlari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

G7 davlatlari Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

G7 davlatlari Ukrainada zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar o‘tkazish zarurligini e’lon qildi.

Bu haqda G7 tashqi ishlar vazirlarining Kanadaning Ontario shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida aytilgan.

"Biz zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligini ta’kidlaymiz. Hozirgi aloqa chizig‘i muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi kerakligiga rozimiz”, — deyiladi G7 raisligidagi Kanada matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan hujjatda.

G7 davlatlari, shuningdek, Ukrainani moliyalashtirish, jumladan, muzlatilgan Rossiya aktivlari orqali ham muhokama qilindi.

"Biz moliyalashtirishning keng doirasi, jumladan, Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun yurisdiksiyalarimizda immobilizasiyalangan Rossiya suveren aktivlaridan muvofiqlashtirilgan holda foydalanish bo‘yicha davom etayotgan muhokamalarni qayd etdik", — deyiladi bayonotda.

G7 shuningdek, Ukrainaning energetika infratuzilmasiga "Rossiyaning so‘nggi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumlarini” qoraladi va mamlakat energetika xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Kiritildi: 11:20 13.11.2025. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!