""Katta yettilik" mamlakatlari rahbarlari Evian-le-Bendagi sammitda Rossiyaga bosimni kuchaytirishga, jumladan, neft va gaz eksportiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga kelishib oldilar", — deb xabar bermoqda Financial Times.
Uning so‘zlariga ko‘ra, konsensusga Ukrainaga bag‘ishlangan va unda Zelenskiy ham ishtirok etgan sessiyada erishilgan.
Bundan oldinroq Tramp Eron bilan bitim imzolanishi va Xo‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishi Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarning qaytishi uchun sharoit yaratishini ma’lum qildi.
"Yaqin orada biz buni amalga oshira olamiz, chunki neft hozirda erkin oqmoqda", — dedi Tramp Xo‘rmuz bo‘g‘ozining ochilishini sharhlar ekan.
Fransiyalik manbaning so‘zlariga ko‘ra, Eron tinchlik bitimi energiya tashuvchilar narxini pasaytirishga allaqachon yordam bergani G7 mamlakatlariga Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha konsensusga erishishni osonlashtirgan.
Bugun Buyuk Britaniya va Kanada cheklovlarni chetlab o‘tib neft va gaz tashuvchi Rossiyaning "soyadagi floti"ga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. London Rossiya harbiy razvedkasiga qarshi choralar joriy etmoqda.
Ukraina, shuningdek, AQShdan o‘z hududida Patriot raketa-tutuvchilarini ishlab chiqarish uchun lisenziya olishga harakat qilmoqda.
"Ustuvorliklar aniq: Havo hujumidan mudofaa raketalari sonini ko‘paytirish va ularni ishlab chiqarish uchun lisenziyalar berish, qish uchun qo‘llab-quvvatlash paketi va Rossiyaga bosimni kuchaytirish. AQSh ushbu yo‘nalishlarda ko‘makni ta’minlashga tayyorligi muhim", – deb yozdi ko‘p tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha Ukraina prezidenti Zelenskiy.