Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi sharqiy yarimsharda kuchli zilzila yuz berishi mumkinligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli magnit bo‘roni sabab ikki sutkadan so‘ng sharqiy yarimshardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudadan yuqori kuchli zilzila bo‘lish xavfi oshayotgani mazmunda xabarlar tarqaldi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, seysmik faollik magnit bo‘roniga bog‘liq hodisa emas. Shuningdek, zilzilani vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo‘q.

Shu sababli FVV fuqarolardan asossiz ma’lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘radi.

Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida kuchli zilzilalarni ko‘rsatuvchi anomal o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Kiritildi: 23:10 01.06.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!