Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Futbolda darvozabonlar uchun vaqtni ushlab turish qoidasi o‘zgarmoqda

Futbolda darvozabonlar uchun vaqtni ushlab turish qoidasi o‘zgarmoqda

Xalqaro futbol assosiasiyalari kengashi (IFAB) 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab o‘yin qoidalariga o‘zgartishlar kiritishini ma’lum qildi.

Eng asosiy yangilik – darvozabonlarning to‘pni qo‘lda ushlab turish vaqtiga oid qoida.

Yangi qoidaga ko‘ra, darvozabon to‘pni qo‘lida 8 soniyadan ortiq ushlab tura olmaydi. Oxirgi 5 soniyani hakam qo‘l ishorasi bilan sanab boradi.
Agar bu qoida buzilsa, raqib jamoa burchak zarbasini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.

Hozirgi amaldagi qoidaga ko‘ra, darvozabon to‘pni 6 soniyadan ortiq ushlab tursa, raqib jamoaga erkin zarba beriladi.

Bu o‘zgarish darvozabonlarning vaqtni cho‘zish taktikasini cheklash va o‘yinni tezlashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Kiritildi: 01:01 02.03.2025. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!